BYD ni tanlang

BYD HAN

ELECTRO
564 495 000 so'm
Batafsil

BYD Blade akkumulyatori

BYD 27 yildan ortiq vaqt davomida akkumulyator ishlab chiqarish sohasida novator bo'lib keladi. Bizning eng yangi Blade batareyamiz qat’iy sharoitlarda bir qator ekstremal sinovlardan o'tdi, bu uni dunyodagi eng xavfsiz batareyalardan biriga aylantirdi.
Yuqori darajadagi xavfsizlik

Yuqori darajadagi xavfsizlik

Xom ashyo - lityum temir fosfat bir qator foydali xususiyatlarga ega: asta-sekinlik bilan issiqlikning hosil bo'lishi, past darajada issiqlik tarqalishi va kislorodning ajralib chiqmasligi. Yassi to'rtburchak shaklidagi noyob shakli sovutish va oldindan isitish samaradorligini ham oshiradi. Blade batareyasi yong'in yoki tutun chiqarmasdan mix kirishiga sinovdan muvaffaqiyatli o'tgan.

Mix kirishiga sinovdan o’tkazish

Mix kirishiga sinovdan o’tkazish

Mixning kirishiga sinovdan o’tkazish batareyalarning issiqlikdan zaryadsizlanishini tekshirishning eng qat’iy usullaridan biri hisoblanadi. Maqsad - batareyada ichki qisqa tutashuvni imitatsiya qilishdir. Bu, odatda, jiddiy yo'l-transport hodisasi paytida batareyaga tashqi o'tkir metall buyumlar kirishi natijasida yuzaga keladi. Blade batareyasi tutun yoki olov chiqarmasdan mixning kirishiga sinovdan o'tgan. Sirt harorati faqatgina 30-60°C ga yetgan xolos.

Optimallashtirilgan mustahkamlik

Optimallashtirilgan mustahkamlik

Bitta qadoqdagi massiv ko’rinishida joylashtirilgan har bir katak (yacheyka) kuchli ta’sirga qarshi bardosh berishga yordam beradigan tuzilmaviy to’sin bo'lib xizmat qiladi. Blokning yuqori va pastki qismida yuqori darajada mustahkam panellarga ega bo'lgan ari uyasiga o'xshash alyuminiydan tayyorlangan tuzilmasi vertikal yo’nalishda qattiqlikni sezilarli darajada oshiradi. Aynan shu inqilobiy dizayn Blade batareyasini optimal mustahkamlik bilan ta’minlaydi.

Harakatlanishning kattalashtirilgan radiusi

Harakatlanishning kattalashtirilgan radiusi

An'anaviy akkumulayator bloklariga qaraganda, Blade batareyasi egallagan maydon 50% dan ko'proqqa kattalashtirilgan, bu esa yuqori energiya zichligi va harakatlanishning katta uzoqlikdagi masofasini ta’minlaydi.

Ancha uzoq xizmat qilish muddati

Ancha uzoq xizmat qilish muddati

Blade Battery batareyasi uzoq xizmat qilish muddatiga ega - 5000 dan ortiq zaryadlash va zaryadsizlantirish sikllari.

Yarim o`tkazgichli SiC MOSFETS texnologiyasi

Yarim o`tkazgichli SiC MOSFETS texnologiyasi

Aerokosmik sinfi materialidan (alyuminiy-kremniy karbid) foydalangan holda, yuqori darajada integratsiyalangan SiC moduli elektr dvigatelining FIK-ni optimallashtiradi va shuning uchun avtomashinaning yurish zaxirasini ko’paytiradi.

Standart butlovda yuqori samarali issiqlik nasosi tizimi

Standart butlovda yuqori samarali issiqlik nasosi tizimi

Ilg'or energiya tejovchi issiqlik nasosi tizimi standart butlovga kiritilgan. Keng harorat oralig'ida ishonchli bo'lgan tizim atrof-muhit, transmissiya, yo'lovchilar saloni va hatto batareyalarning qoldiq issiqligidan samarali foydalanish uchun mo'ljallangan. Bu issiqlik samaradorligini oshiradi va isitish yoki sovutish paytida energiya yo'qotishlarini kamaytiradi.

Aktsiyalar

Yangiliklar

Barcha yangiliklar
Ko'proq ko'rsatish
Oldindan buyurtma

Diler

Test-drayv

Oldindan buyurtma
Dilerlar
Test-drayv
Model qator
BYD HAN
564 495 000 so'm
BYD CHAZOR
297 196 000 so'm
SONG PLUS DM-i
367 732 000 so'm
SONG PLUS DM-i Champion
387 200 000 so'm
SONG PLUS EV Champion
395 300 000 so'm
SONG PRO DM-i Champion
321 800 000 so'm